
Frantsuz muxlislari yaponlardan o‘rnak olishdi
Frantsiya terma jamoasi muxlislari jamoaning Polsha ustidan qozongan g‘alabasidan (3:1) so‘ng tribunani namunali tarzda tark etishdi.
Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 1/4 finaliga chiqqanidan so‘ng, muxlislar xuddi yapon ishqibozlari singari tribunada qolgan chiqindilarni tozalab ketishdi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya termasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) Yaponiya terma jamoasi futbolchilari kiyinish xonasini yig‘ishtirib, barchaga o‘rnak bo‘lgan edi, muxlislar esa tribunadagi barcha chiqindilarni olib ketishgan.
Fikrlar