Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

  • 9 mart, 2022, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatida peshqadam PSJni ta’qib qilib kelayotgan “Nitstsa” klubi rahbariyati “Roma”dan ijaraga olingan Jastin Klyuyvertning transfer huquqini to‘liq sotib oladigan bo‘ldi.

Tecno

Jastin Niderlandiya futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzi Patrik Klyuyvertning o‘g‘li. U ham otasi singari oldingi chiziqda to‘p tepadi. Jastin universal futbolchilar toifasiga kiradi, har ikki qanotda, hujum markazida va hujumkor yarim himoyachi pozitsiyada o‘ynay oladi.

Bu o‘yinchi “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018 yili ilk bor legioner sifatida “Roma” bilan shartnoma imzolagan. Rim klubida jami  53 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.

Klyuvert ikki yildan beri ijarada o‘ynayapti. Dastlab, “Leyptsig” safida to‘p tepgan hujumchi Bundesligada 19 ta bahsda o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

Joze Mourino “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin niderlandiyalik futbolchini asosiy tarkibga jalb qilmadi va u bu gal “Nitstsa”ga ijaraga berildi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, futbolchi “Nitstsa”ning o‘yinlaridan teng yarmida qatnashsa yoki jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, frantsiyaliklar uni to‘liq transfer qilishiga to‘g‘ri keladi.

22 yoshli futbolchining “Nitstsa”da ko‘rsatayotgan o‘yini murabbiylar shtabiga ma’qul kelmoqda. Hozircha barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda qatnashgan Klyuyvert beshta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. Jamoa Frantsiya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda va so‘nggi turda PSJni mag‘lub etib, musobaqa jadvalidagi mavqeini mustahkamladi.

“Roma” rahbariyati ham Joze Mourinoga kerak bo‘lmagan o‘yinchini sotib, daromad qilishga qarshi emas. Hozirgi sharoitda hujumchining transferi 14 million evro atrofida baholanmoqda.

424626

MYu o‘yinchisi “Roma”ni tanladi

“Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalot asosiy tarkibga kira olmayotgani uchun boshqa klubga o‘tishni rejalashtirayotgan edi.

Portugaliyalik iste’dod egasi bir necha klublar nishonida turibdi. Ayniqsa, Italiya chempionati vakillaridan “Roma” va “Fiorentina” uni o‘z safiga qo‘shib olishga anchadan beri harakat qilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Dalotning o‘zi ham A Seriyaga qaytishga qarshi emas. Eng maqbul variant sifatida “Roma”ga qo‘shilishi aytilmoqla. Chunki “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted”ni boshqarganida Dalot uning qo‘l ostida premer-ligada debyut qilgan va ular do‘stona aloqalarni saqlab qolgan.

22 yoshli portugaliyalik himoyachi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Milan”da to‘p tepdi. Milanliklar uni sotib olmoqchi bo‘lgan pallada manchesterliklarning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher o‘yinchining ketishiga ruxsat bermadi.

Diogu Dalotning manchesterliklar bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. U joriy mavsumda premer-liga o‘yinchilarida atigi 15 marotaba maydonga tushdi. Dalotning transfer summasi 12 million evroga baholanmoqda.

skysports-dalot-man-utd-football_5491292

Mourino Lamelaga omad tiladi

Joze Mourino “Sevilya” yarim himoyachisi Erik Lamelaning safga qaytgani bilan tabrikladi.

Ma’lumki, hujumkor futbolchi o‘tgan yili elkasidan og‘ir jarohat olib, uzoq muddat davolanishga majbur bo‘lgandi.

Buyuk Koko, sen o‘yingga qaytganingdan xursandman. Bu mavsumning yakuniy pallasi oldidan sen va “Sevilya” uchun ajoyib yangilik bo‘ldi. Sizlarga eng yaxshi tilaklarimni tilayman, - deb yozdi Joze Mourino ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.  

Argentinalik futbolchi 2011 yili “River Pleyt”dan “Roma”ga o‘tgan edi. Rim klubida 12 yillik faoliyatidan keyin “Tottenxem”ga yo‘l oldi. Mourino London klubini boshqargan davrda Lamela“shporlar”ning etakchilaridan biri edi.

Erik o‘tgan yili yozda erkin agent sifatida “Sevilya”ga ko‘chib o‘tdi. Ispan klubi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va ikkita assist rasmiylashtirdi.

Jose-Mourinho-loves-‘chaotic-Erik-Lamela-and-will-ask-Tottenham

“Roma” hujumchilaridan biriga yangi jamoa qidira boshladi!

Umarovning uzri o‘tmadi, jamoalar uni talashmoqda, lekin...

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!