
Frantsiya liga kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi. PSJ va "Lion" o‘z raqiblarini bilib oldi
Kecha Frantsiya liga kubogining yarim final bosqichiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra 1/2 finalda PSJ safarda “Reyms” bilan, “Lion” esa o‘z maydonida “Lill” bilan kurash olib boradi. Ushbu uchrashuvlar 21-22 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Frantsiya liga kubogining final bahsi 4 aprel kuni Parijdagi “Stad de Frants” arenasida o‘tkaziladi.
Fikrlar