Frantsiya bosh murabbiyi kutilmagan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 12 noyabr, 2020, 12:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Finlyandiyaga qarshi bahsdagi kutilmagan mag‘lubiyatdan (0:2) keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Biz kutganimizdan pastroq daraja ko‘rsatdik. Raqibimiz ulardan talab qilingan barchasini bajardi. Bartaraf etishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlarda gol o‘tkazib yubordik va bu raqibga ishonch bag‘ishladi. To‘p nazoratini uzoq vaqt o‘zimizda ushlab turdik, ammo vaziyat yarata olmadik.

Yuzimizga yaxshi tarsaki tushdi. Bu haqida ko‘p o‘ylamaymiz. Biroq haqiqat bu haqiqatdir. Natija o‘yinga mantiqan to‘g‘ri keldi", deya fikr bildirdi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!