FR: Karim vs Levandovski. O‘zaro duellarda kim oldinda?

  • 6 aprel, 2023, 02:43
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navbatdagi "El Klassiko" ortda qoldi. 2-taymda "Barselona"ni yanchib tashlagan "Real" azaliy raqibiga o‘zaro o‘yinlardagi muvozanatni tiklash imkonini bermadi.

Tecno

gettyimages-1480144347-612x612

E’tiborli jihati, uchrashuvda xet-trikka erishgan Karim Benzema "Al Mumtoz"da urilgan gollar soni bo‘yicha "Qirollik" klubi afsonasi Raul Gonsalezni ortda qoldirib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi (17). Undan oldinda quyidagi futbolchilar bor:

1. Messi - 26;
2. Di Stefano - 18;
3. Ronaldu - 18.

gettyimages-1250802969-612x612

Benzema ayni paytda gol+assistlar bo‘yicha mazkur "jang" tarixida Leodan keyin 2-o‘rinda boryapti (17+11).

gettyimages-955410340-612x612

Shuningdek, frantsiyalik forvard so‘nggi yillarda o‘zi bilan ko‘p solishtirilayotgan Robert Levandovski bilan o‘zaro to‘qnashuvlardagi statistikasini ham yaxshilab oldi. Ushbu futbolchilar bugun yashil maydonda 11-bor yuzma-yuz kelishdi. Ulardan 5tasida polyak, yana shunchasida Karimning qo‘li baland kelgan:

1) "Borussiya" 2:1 "Real" (2012)
2) "Borussiya" 4:1 "Real" (2013)
3) "Real" 2:0 "Borussiya" (2013)
4) "Borussiya" 2:0 "Real" (2014)
5) "Real" 4:2 "Bavariya" (2017)
6) "Bavariya" 1:2 "Real" (2018)
7) "Real" 2:2 "Bavariya" (2018)
8) "Real" 3:1 "Barselona" (2022)
9) "Real" 1:3 "Barselona"(2023)
10) "Barselona" 2:1 "Real" (2023)
11) "Barselona" 0:4 "Real"...

gettyimages-1359579536-612x612

O‘zaro to‘qnashuvlarda kiritilgan to‘plar soni bo‘yicha Benzema bugun Levandovskidan o‘zib ketdi: 8-7. Ammo umumiy gollarni sanasak, Robert ancha oldina ekani namoyon bo‘lyapti: 614-448.

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!