Fozil Musaevning yangi jamoasi ma’lum!

  • 6 yanvar, 2022, 19:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” ham selektsiya borasida boshqa klublardan qolishmayotganini amalda ko‘rsatmoqda.

Tecno

“Navbahor” va “Neftchi” singari bekobodliklar ham ketma-ket yangi o‘yinchilar bilan shartnomalar imzolaganini e’lon qilyapti.

Navbatdagi yangilik sifatida Fozil Musaevning “Metallurg” a’zosiga aylanganini aytish mumkin. O‘tgan mavsumni “Turon”da o‘tkazgan yarim himoyachi Bekobod klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu xabarni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.

Musaevning xizmatiga bir qancha klublar ko‘z tikishgandi. Ammo ularning orasida "Metallurg" boshqalarga qaraganda ancha ildamroq harakat qildi va tajribali o‘yinchini "ilib" ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!