Fozil Musaev: "Turon" albatta Superligaga qaytadi"

  • 9 yanvar, 2022, 15:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali yarim himoyachilaridan biri Fozil Musaevni yaqinda “Metallurg” klubi bilan shartnoma imzolagani haqida saytimiz orqali xabar bergandik.

Tecno

Bilasiz, Musaev o‘tgan mavsumni “Turon” jamoasida o‘tkazdi. U erda Superliga bahslarida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 marta gol urdi. Kubok doirasida esa 3 ta o‘yinda “Turon” sharafini himoya qildi. Klub bilan tuzgan shartnomasi tugagani uchun erkin agentga aylandi va “Metallurg”dan tushgan taklifni qabul qildi.

Fozil “Turon” bilan do‘stona tarzda xayrlashdi. U o‘zining instagramdagi sahifasida quyidagilarni yozdi:

fozil_2

“Turon” rahbariyati, o‘yinchilari va muxlislariga klubda to‘p surgan davrimdagi vaqt mazmunli o‘tgani uchun barchalariga minnatdorlik bildirib qolaman. To‘g‘ri, jamoada o‘zimiz xohlagan natijalarni qayd eta olmadik. Biroq mana shunday o‘yinchilar bilan elkama-elka to‘p surish juda maroqli bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tishim joiz. Shuningdek, klubning jonkuyar ishqibozlari bizni har qanday holatda ham ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlaganlari sira yodimdan chiqmaydi. Shuni ishonch bilan aytishim kerakki, “Turon” klubi kelgusi yili albatta Superligaga qaytadi. Bu yo‘lda jamoaga omad yor bo‘lishini tilab qolaman. Hammaga yana bir bor katta rahmat!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!