
Forslar eng kuchli futbolchimizning muvaffaqiyatsizligidan xursand
Eronning "Varzesh Se" nashri yozishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov forslar bilan bahsda zararsizlantirildi.
"Istiqlol va Persepolis" muxlislariga tanish bo‘lgan Masharipov hamda O‘runovning harakatlarini ko‘pchilik kuzatgan bo‘lsa-da, termaning asosiy futbolchisi Shomurodov maydonda hech narsa qila olmadi va zaxiraga olindi.
Eron terma jamoasi himoyachisi Hosseyn Kanoni o‘zbekistonlik eng yaxshi va eng taniqli futbolchini ushlab tura oldi va unga qarshi barcha yakkama-yakka duellarda g‘alaba qozondi", - deyiladi xabarda.
Qayd etish lozim, kecha O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi "Ozodiy" stadionida 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Har ikki jamoa bir xil 14 ochkodan to‘plagan holda, "JCh-2026"
saralashining 3-bosqichiga yo‘l oldi.
Fikrlar