
Florian Virtsning "Bavariya"ga o‘tishi oydinlashmoqda
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts tez orada "Bavariya"ga o‘tishi mumkin. Myunxen grandi vakillari kelishuv ustida ishlamoqda. Biroq hali kelishuvga erishilmagan.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Virtsning moliyaviy talablari “Bavariya” uchun muammo bo‘lmaydi. Myunxenliklar Virtsga yiliga 20-25 million evro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
"Bayer" 21 yoshli futbolchini bonuslarni hisobga olmaganda 120-130 million evroga sotishga rozi bo‘ladi, - deyiladi manbada.
Bundan tashqari, "Manchester Siti" ham Florian uchun kurashda.
Fikrlar