Flik "Borussiya Dortmund"dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 18 aprel, 17:28
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasi chorak finalida "Borussiya Dortmund"ga qarshi javob o‘yinidagi jamoasining mag‘lubiyatga uchrashi sabablari haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 1:3 hisobida yakunlandi, ammo birinchi o‘yindagi 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba tufayli kataloniyaliklar turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. 

- So‘nggi ikki hafta ichida qancha o‘yin o‘tkazganimizni bilasizmi? Menda hech qachon bunday jadval bo‘lmagan. Dam olishga vaqtimiz yo‘q.

Dortmundda yaxshi o‘ynamadik, ammo yarim finaldamiz. Bunday holat yuz berishi tabiiy, - dedi Flik "Selta"ga qarshi bahs oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!