Flik "Barselona"ga EChL to‘purarini olib kelmoqchi

  • 25 sentabr, 20:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 37 yoshli hujumchi Robert Levandovskiyning o‘rnini bosuvchi sifatida "Borussiya" hujumchisi Seru Girassi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ushbu transfer kataloniyaliklarga taxminan 100 mln evroga tushishi mumkin. Ayni vaqtda 29 yoshli futbolchining maoshi 9 mln evroni tashkil etadi.

Shu bilan birga, "Barselona" prezidenti Joan Laporta Girassini sotib olish g‘oyasidan "xursand emas", chunki u "blaugrana"ga mashhurroq futbolchini sotib olishini afzal ko‘radi.

Joriy mavsumda Girassi barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida hujumchi 13 ta gol bilan turnir to‘purariga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!