Flik “Barsa” yulduzini jazoladi

  • 22 sentabr, 13:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik nemislarga xos aniqlikni yoqtiradi va rejani buzgan o‘yinchilarni ayab o‘tirmaydi.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, germaniyalik murabbiy bu gal “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan mashhur hujumchi Markus Reshfordni jazoladi.

Gap shundaki, angliyalik o‘yinchi ertalabki mashg‘ulotga kech qoldi. Shu bois, Flik uni Ispaniya chempionati doirasida “Xetafe”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritmadi.

Markus Reshford tanaffusdan keyin jamoadoshi Rafinyaning o‘rniga zaxiradan maydonga tushirildi. Uchrashuv Flik shogirdlarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!