
"FK Anvonted"ning keyingi raqibi ma’lum
Media klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining birinchi kuni o‘z nihoyasiga etdi. O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan "FK Anvonted" Saudiya Arabistonini 4:3 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinda Shaxriyor Jabborov dubl qilgan bo‘lsa, Radion Yangirov va Islom Abdujabborov bittadan gol urishdi.
Ikkinchi turda "FK Anvonted" AQSh jamoasi bilan kuch sinashadi. Agarda kelasi bahsda vakillarimiz g‘alaba qozonishsa, chorak finalga yo‘l olishadi. Mag‘lubiyatga uchrashsa, 3-turda maydonga tushishadi.
Fikrlar