
Filipe Luis: "Atletiko" bilan shartnomani uzaytirishni xohlayman, ammo...
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis o‘zining kelajak faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.
Eslatib o‘tish lozimki, 33 yoshli braziliyalik futbolchining “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi.
“Men “Atletiko” bilan shartnomani uzaytirishni xohlayman. Ammo, shu bilan birga boshqa jamoalar uchun ham eshiklarimni yopmayman. Men boshqa davlat jamoalaridan ham takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman”, - deydi Luis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Luis yozda “Borussiya” Dortmundga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar