FIFA Vinisius Juniorni futboldan chetlatishi mumkin

  • 23 aprel, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior faoliyati Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA nazorati ostiga olindi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, xalqaro tashkilot 24 yoshli mashhur yulduzni futbol qoidalariga zid ravishda manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirganlik bo‘yicha gumonlayapti. Gap shundaki, Vinisius Junior bir necha futbol klublariga egalik qiladi.

Manbaga ko‘ra, agar Vinisius Junior aybli, deb topilsa, ikki yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin.

Vinisius joriy mavsumda “Real” tarkibida barcha turnirlar doirasida 47 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 21 ta gol va 15 ta assist yozdirib qo‘ydi. Madridliklar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchi 200 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!