
FIFA talqiniga ko‘ra Pep Gvardiola 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Ispaniyalik mutaxassis 2023 yilda "shaharliklar" bilan Chempionlar ligasi, Premer-liga va Angliya kubogida g‘olib chiqqanidan so‘ng The Best sovriniga loyiq ko‘rildi.
FIFA mukofotiga da’vogarlar uchligiga, shuningdek, Luchiano Spaletti ("Napoli"/Italiya terma jamoasi) va Simone Indzagi ("Inter") ham kirgan.
Argentina terma jamoasi bilan JCh-2022 g‘olibi bo‘lgan Lionel Skaloni 2022 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.
Fikrlar