FIFA Pro-liga klubimizdan transfer taqiqini olib tashladi

  • 14 fevral, 2023, 15:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA "Mash’al"ning transfer ta’qiqini bekor qildi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

2022 yilning 11 aprelida FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Mash’al” futbol klubi va uning nigeriyalik sobiq futbolchisi Ifeanyi Ifeanyi o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unga ko‘ra, “Mash’al” futbol klubi zimmasiga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lash majburiyati yuklatilgan.

Agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish berilgan.

Biroq klub bu borada xabardor etilgan bo‘lsa-da, ushbu nizoli vaziyatni hal etmagan va shu munosabat bilan FIFA 2022 yil 9 avgustdan e’tiboran “Mash’al” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqini belgilagandi.

Muborakliklar kuni kecha nigeriyalik sobiq futbolchisi oldidagi qarzdorlik masalasini hal etdi va FIFAga transfer taqiqini olib tashlash bo‘yicha murojaat yuborildi. 13 fevral kuni futbolchi to‘lov amalga oshirilganini tasdiqladi va FIFA “Mash’al” futbol klubidan transfer taqiqini olib tashladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!