FIFA futbolchilarning noo‘rin o‘limi yo‘lida jiddiy kurashga bel bog‘lagan

  • 14 dekabr, 2022, 11:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFPro eronlik futbolchining o‘lim jazosi haqidagi ma’lumotga izoh berdi. Eronning «Traktor» klubi 26 yoshli sobiq himoyachisi Amir Rizo Nasr Azadani noyabr oyi oxirida hibsga olingan edi, keyinchalik uning ismi o‘limga hukm qilinganlar ro‘yxatida paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda IranWire.

Tecno

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari sentyabr oyida politsiya tomonidan «noo‘rin hijob kiygani» uchun hibsga olingan qizning o‘limidan so‘ng boshlangan edi. Keyinchalik u kuchli kaltaklangani tufayli komaga tushdi hamda o‘sha erda vafot etdi.

«FIFPro o‘z mamlakatida ayollar huquqlari va asosiy erkinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlari ortidan qatl etilish jarayonlaridan hayratda qoldi va bundan g‘azabda.

Biz Amir bilan birdammiz va uning jazosini zudlik bilan olib tashlashga harakat qilamiz», — deyiladi FIFAning tvitterdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!