
FIFA Brunu Fernandesh transferi bo‘yicha tergov ishini boshladi
FIFA portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandeshning "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi bo‘yicha tergov boshladi.
Gap shundaki, Italiyaning "Sampdoriya" klubiga Fernandeshning qishki transfer oynasi vaqtida 47 million evaziga "qizil iblislar" safiga o‘tishi ortidan shartnomada ko‘rsatilgan 10 foizli summa to‘lab berilmagani sabab "Sporting" ustidan FIFAga ariza bergan.
"Sampdoriya" va "Sporting"ning 2017 yil Fernandesh bo‘yicha imzolagan shartnomasida keyingi sotuvdan italiyaliklar foydasiga 10 foizli ulush o‘tkazib berilishi haqida maxsus band kiritilgan ekan.
ESPN nashri manbasiga ko‘ra, FIFA tomonidan olib borilayotgan ushbu tergov ishi Angliyaning 20 karra chempioniga daxl qilmaydi.
Fikrlar