
FIFA Argentina futbolchilarining irqchilik haqidagi qo‘shiqlari bo‘yicha tergov boshladimi?
FIFA 2024 yilgi "Amerika kubogi"da g‘alaba qozongan Argentina futbolchilarining irqchilik shiorlarini aytayotgani aks etgan videoni tekshirishga kirishdi. Bu haqda "RMC Sport" xabar berdi.
"FIFA ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoni ko‘rdi va voqea tekshirilmoqda. FIFA har kim, jumladan, futbolchilar, muxlislar va mansabdor shaxslar tomonidan kamsitishning har qanday shaklini keskin qoralaydi", - deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan jonli efirdan parchada argentinaliklar frantsiyaliklar haqida: "Ular Frantsiya uchun o‘ynashadi, lekin barchasi Angoladan" deb kuylashgan.
Avvalroq, Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) matbuot xizmatining prezidenti Filipp Diallo Argentina terma jamoasi futbolchilarining xatti-harakatlaridan noroziligi va FFF FIFAga tegishli shikoyat bilan murojaat qilishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar