
FFC turnirida bir nechta o‘zbekistonlik jangchilar oktagonga ko‘tariladi
13 dekabr kuni Qirg‘izistonning Osh shahrida MMA turniri bo‘lib o‘tadi. FFC (Falko Fighting Championship) promousheni tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur jang kechasida bir nechta o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, Jahongir Qoraboev hamda Farrux Madaminovning uch nafar shogirdi o‘z janglarini o‘tkazadi. Yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida Ahad To‘xtaboev hamda yarim engil vazn (61,2 kg) toifasida Jaloliddin Mamajonov debyutini nishonlasa, yana bir hamyurtimiz Abdurasul Qo‘ldoshev o‘zining beshinchi jangini o‘tkazadi. U bunga qadar 3 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan.
Har uch yurtdoshimizga mezbonlar vakillari raqiblik qiladi. Ahadjon To‘xtaboev ilk jangini Eldiyar Arapboevga qarshi o‘tkazsa, Jaloliddin Mamajonov Miktibek Jenisbek Uuluga qarshi jang qiladi. Abdurasul Qo‘ldoshevning raqibi Adilet Mamatnazarov bo‘ladi.
Fikrlar