Fernandesh: Krishtianuning gollarini sanash qiyin

  • 10 oktabr, 2022, 11:20
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh jamoadoshi Krishtianu Ronalduni klub miqyosida urgan 700-goli bilan tabrikladi va APL 10-turi doirasidagi "Everton" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Krishtianuning gollarini sanash qiyin. U har hafta yangi rekord o‘rnatayotgandek tuyuladi. Men Ronaldu uchun xursandman, chunki u bu ko‘rsatkichga erishish uchun juda ko‘p mehnat qildi. Bugun u gol urdi va biz g‘alaba qozondik - Ronaldu uchun esa jamoaning g‘alabasi eng muhimi.

Biz erta gol o‘tkazib yubordik, ammo shundan so‘ng biz tezda o‘yinga moslashdik va birinchi bo‘limning o‘zida vaziyatni to‘g‘riladik", - deydi Fernandesh.

"Everton" darvozasiga urilgan gol Ronaldu uchun Premer liganing joriy mavsumidagi birinchisi bo‘ldi. Bungacha 37 yoshli portugaliyalik 2022/23 yilgi Premer liganing 6 ta o‘yinida gol ura olmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!