
Fernandes (sobiq hakam): "Real" noqonuniy jarima zarbasidan gol urdi
Uchrashuvning 74-daqiqasida bosh hakam Pablo Fuertes Rodrigoga nisbatan Renato Tapiya tomonidan fol bo‘lganini qayd etdi va "Real" foydasiga jarima zarbasini belgiladi. Shuningdek, Tapiyaga sariq kartochka ko‘rsatdi. Jarima zarbasidan so‘ng Kilian Mbappe gol urdi.
Ispaniyalik sobiq hakam Pavel Fernandes "Real" – "Leganes" (3:2) o‘yinidagi bahsli holatga fikr bildirdi.
Fernandes ushbu qarorni noo‘rin deb baholadi:
"Real" jarima zarbasidan gol urdi, ammo bu hech qanday qoidabuzarlik emas edi. Tapiya to‘pni mutlaqo toza olib qo‘ydi, Rodrigo bilan hech qanday kontakt bo‘lmadi. VAR bu vaziyatga aralasha olmas edi" – deya o‘zining X tarmog‘ida xabar qoldirdi Fernandes .
Mbappening dubli "qirollik klubi"ni mag‘lubiyatdan qutqardi va jamoa "Barselona" bilan ochkolar bo‘yicha tenglashdi. Kataloniyaliklar esa bu turdagi o‘z uchrashuvini bugun "Jirona"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar