
Felish qaysi jamoaga o‘tishni istayotgani ma’lum
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks PSJga o‘tmoqchi.
Manbaning xabariga ko‘ra, hujumchi Parij klubida o‘ynamoqchi. Parijliklar safida Feliksning bir qancha vatandoshlari ham bor.
"Atletiko" o‘z futbolchisi uchun 100 million evro talab qilmoqda, ammo PSJ uning transferiga qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, bunday summani to‘lashga tayyor emas.
Avvalroq, Joauga "Aston Villa"dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar berilgandi. Biroq uning o‘zi faqatgina EChLda o‘ynaydigan klub safiga o‘tish niyatida ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Fikrlar