Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq

  • 15 aprel, 2019, 10:30
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. 11 may kuni o‘tadigan boks oqshomida yurtdoshimiz amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Tecno

Yodingizda bo‘lsa, Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

“Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.
Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рахмонов Шерали
16/04/2019 16:04
Фазлиддин омад йор булсин.Шохжахон билан Майкл Фокс жангини кургандим кучли боксчи.2016 йил рио финалидек жанг булади менимча