Fayzullaevning jamoasi o‘zbek klubi bilan o‘ynaydi

  • 15 dekabr, 2023, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi vakili TsSKA qishki tanaffus vaqtida uchta xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Tecno

“Armiyachilar” klubining rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra,  jamoa 14-26 yanvar kunlari ilk yig‘inni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazadi. Keyingi ikki yig‘in 30 yanvar – 10 fevral va 14 – 25 fevral kunlari Turkining Anialya shahrida tashkil etiladi.

TsSKA Abu-Dabida 25 yanvar kuni “Torpedo” bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qolgan bellashuvlar Turkiyadagi yig‘inlar doirasida o‘tkaziladi.

Xususan, “armiyachilar” 1 fevral kuni “Andijon”, 16 va 20 fevralda “Rodina” hamda “Ximki” futbolchilari bilan sinov-nazorat o‘yinida qatnashadi.

TsSKAdagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaev yig‘inlarning aksariyat qismida qatnasha olmaydi.yu 20 yoshli hujumkor futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!