Fayzullaev Evropada o‘ynashga tayyormi?

  • 22 noyabr, 2023, 13:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining birinchi davrasida asosiy kashfiyot sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullaevning kelajagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylangan.

Tecno

Darhaqiqat, keyingi yillarda Rossiya chempionatida Abbosdek birdaniga porlagan futbolchimiz bo‘lmagan. Hatto, Eldor Shomurodov ham "Rostov"da o‘ynagan kezlari Rossiya Premer-ligasiga moslashib, o‘z salohiyatini namoyish etgunicha bir muncha ko‘p vaqt sarflagan.

Avgustda “Paxtakor”dan TsSKaga ko‘chib o‘tgan Fayzullaev nimalarga qodirligini isbotlashi uchun atigi uchta uchrashuv kerak bo‘ldi xolos. Dastlab, ikkita bahsda bir necha daqiqadan o‘ynagan legionerimiz “Krilya Sovetov” bilan bo‘lgan bahsda ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, jamoasini alamli mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

image_2023-09-16_23-01-26

Shundan beri Abbos TsSKAning hujum chizig‘idagi asosiy figurasiga aylangan. Deyarli barcha hujumlar Fayzullaev orqali o‘tadi.

Hozir  Rossiya futboli ekspertlari va murabbiylar Abbosbek Fayzullaevning Evropada o‘ynay olish salohiyatini muhokama qilyapti.

TsSKA va Rossiya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Evgeniy Aldonin o‘zbek legionerining xorijda o‘ynash imkoniyatiga baho berdi.

- Fayzullaev TsSKAning ham, chempionatimizning ham asosiy kashfiyoti bo‘ldi. U futbolimizga chaqmoqdek kirib keldi. Uning o‘yinlarini kuzatish zav bag‘ishlayapti. Abbosbek hujum uchun o‘ynaydi va vaziyatni keskinlashtiradi.

Abbosbekning yoshini inobatga olsak, aslida uni kelajak uchun transfer qilishgan edi. Biroq u darrov o‘zini ko‘rsata oldi va o‘zidan juda yaxshi taassurot qoldirmoqda.

Ko‘pchilik ekspertlar Fayzullaev hozirning o‘zida xorijning kuchli chempionatlaridan biriga o‘tishga tayyorligini ta’kidlayapti. Lekin o‘yinchining faqat Rossiya Premer-ligasidagi o‘yinlariga qarab baho berish juda qiyin.

Agar TsSKA Evrokuboklarda ishtirok etganida va Fayzullaev xalqaro maydonda ham o‘zini ko‘rsata olganida, qat’iy ishonch bilan uni Evropada o‘ynashga tayyor, desak bo‘lardi. Hozircha esa, uning qaysi jamoaga o‘tishi mumkinligi va qaysi klub o‘yinini kuchaytira olishini tasavvur qilish qiyinroq. Buni hammasini amalda ko‘rish kerak.

Ba’zilar Xvicha Kvaratsxeliya transferiga qarab, Abbos ham kuchli chempionatda o‘ynab keta olishini aytishi mumkin. Lekin Abbos endigina 20 yoshga to‘lganini, hozir TsSKA hujum chizig‘ida etakchi ekanini inobatga olib, Rossiyada qolishi va tajriba oshirishi lozimligi, keyinchalik  Evropaning kuchli klubiga o‘tishi mantiqan to‘g‘riroq bo‘ladi.

Tabiiyki, Abbos uning faoliyati bir loyiha ekanini va uni rivojlantirib borish kerakligini yaxshi tushunadi. Hozircha u murakkab va etarli darajada kuchli chempionatda TsSKA sharafini munosib himoya qilyapti.

Fayzullaevning transfer summasi haqida gapirsak, uni aniq belgilash qiyin. Albatta, hozir u yozdagidan bir necha baravar qimmatlagan. Bundan tashqari, ketayotgandagi tavakkalni unutmaslik kerak. Chunki chempionatimizdan ketganlarning hammasi ham Evropada o‘ynab keta olmadi. Bunga Miranchuk va Zaxaryanni misol qilish mumkin. Bu yoshda shoshish yaramaydi. Muntazam o‘ynash va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish  juda muhim. Agar o‘yin amaliyoti bo‘lmasa, o‘sish ham to‘xtaydi, - dedi Evgeniy Aldonin.

cska-obygral-sochi-v-kubke-po-itogam-serii-poslematchevyh-penalti_16952188971214971334

TsSKA Rossiya Premer-ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 25 noyabr kuni o‘tkazadi. “Armiyachilar” 16-tur doirasida “Dinamo” futbolchilarini o‘z maydonida qabul qiladi.

“Kalyari”dan Shomurodovga yaxshi xabar

Shomurodov qaysi terma jamoalarga nechta gol urgan?

Fayzullaev braziliyaliklarni hayratga soldi

Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!

Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Голибжон Джураев
21/11/2023 07:22
Oмад лекин камроқ ёзиш керак Аббосбекга омад
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
20/11/2023 09:29
Аббосжон энг катта куроли бу хаяжон ва ишончни мувозанатини тугри таксимлаган. Иккиланиш куркиш йук акилли гап йук. Ука мехнат килишдан тухтаманг такдир узи сизни Барсага олиб боради Мане,Салох... булар мехнати келажагига йул очган, тухтаманг гаплар булоради
Behzod Nosirov
20/11/2023 08:29
Assalomu aleykum! Iltimos yozayotgan maqolalaringi oʻylab yozinglar. Sizlar deb Fayzullayev sinib ketishi mumkin... sizlar farosatinglarni 3 oy oldin koʻrgandik u Rossiya oʻtib hatto qildi deb tinmay jar solgandilaring hamma yoqda.
Ishoq Ruziev
20/11/2023 08:12
Abbosbek o'zini La Ligada sinaydi, albatta xudo hohlasa
Дилшод Xaмзаев
20/11/2023 07:42
Аббосбек ёш махоратли футболчи.лекин Россия билан Европа чемпионатларни фарқи бор.хали шошмаслик керак бироз тажриба ошириши керак.
&
Liverpool-Afzal
19/11/2023 22:57
Миранчук билан Захарян уз ватанида зор уйнади. Мусофир болгач уйномади. Аббос уже Мусофирчиликни курди.Европадаям керак болса зор уйниди