Fanatlar hujumida jarohatlangan bosh murabbiy ulardan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi!

  • 24 sentabr, 2024, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Serbiya Superligasining 9-turida “Partizan” o‘z maydonida ashaddiy raqibi “Tsrvena Zvezda”ga 0:4 hisobida yutqazganidan keyin fanatlar kiyim alishtirish xonasiga hujum uyushtirgandi. Oqibatda bosh murabbiy Aleksandar Stanoevichning yuzini shisha siniqlari kesib yubordi.

Uchrashuvdan keyin murabbiy fikrlarini bildirdi.

- Bunaqa natijadan keyin nima deyishim mumkin? Bu biz uchun sharmandalik. Ayniqsa, men uchun.

Mag‘lubiyat uchun “Partizan”ning har bir muxlisidan uzr so‘rayman. Bo‘lgan voqealar uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. O‘z uyimizda o‘ynab, yutqazganimizdan achinaman.

Bu hayotimdagi eng og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. Hammaga ham qiyin. Boshqa hech narsa qo‘shimcha qila olmayman.

Norozilik bildirgan muxlislar oynani sindirishdi, jismonan to‘qnashuv bo‘lmadi, oyna siniqlari sochilib ketdi, qon to‘kildi, - dedi Stanoevich.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!