
FAKT! "So‘g‘diyona" va "Metallurg" Superligada gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha etakchi. Keyingi o‘rinda amaldagi chempionlar...
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 2:2 hisobida zafar quchdi.
Jizzax klubi safida gollarga Halilov va Serderov mualliflik qildi. Bekobodliklarning ikki goli Ibragimov hamda O‘rinboev nomiga qayd etildi.
Ahamiyatlisi, mazkur ikki klub bir ko‘rsatkich bo‘yicha Superligada peshqadamlik qilmoqda. "Metallurg" o‘z darvozasidan o‘n bitta to‘p olib chiqqan bo‘lsa, "So‘g‘diyona"da bu raqam 10 taga teng.
O‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborish borasida ushbu jamoalar mutlaq etakchi bo‘lib turibdi. Ulardan so‘ng 7 ta gol qabul qilib olgan "Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari bu statistikada eng "yaxshi" natijani qayd etgan.
Shohrux Zoirov tayyorladi.
Fikrlar