
Fakt! "Paxtakor" "Metallurg"ga 5 yildan beri mag‘lub bo‘lmayapti
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan bahsni amaldagi chempion "Paxtakor" "Metallurg" maydonida o‘tkazadi. Mazkur bellashuv oldidan "sherlar" matbuot xizmati o‘yinga doir statistikalarni taqdim etdi:
"Chempionatlar doirasida klublar 49 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 41 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o‘yinda "Metallurg" g‘olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 130 gol urib, o‘z darvozasidan 37 to‘p olib chiqqan. "Metallurg"ni ayni paytda Jasur Abduraimov boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis oxirgi bir necha yilda jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat yuritgandi.
Bekobod jamoasining o‘zaro o‘yinlardagi so‘nggi g‘alabasi 2016 yilgi mavsumda kuzatilib, o‘z maydonida 2:0 hisobida yutuqqa erishgan. O‘zaro bahslarda eng yirik g‘alaba - 6:0 natijasi "Paxtakor"ga tegishli. 2003 va 2006 yillarda "Sherlar" raqibni shunday natijalar bilan dog‘da qoldirishgan. Yirik g‘alabalarimiz soni jami 16tani tashkil qiladi.
Bekobodda o‘tgan uchrashuvlarning 18tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan, ikki bellashuv durang bilan tugagan bo‘lsa, 4ta to‘qnashuvda "Metallurg" ustun kelgan. Mehmondagi o‘yinlarda 53 gol urilib, 19 to‘p o‘tkazib yuborilgan. Safardagi oxirgi 5ta o‘yinda jamoamiz zafar quchgan.
Bellashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q".
"Paxtakor" matbuot xizmati
Fikrlar