
FAKT! "Metallurg"ning vodiy klublariga qarshi statistikasi ayanchli
Bugun Superliganing 7-turi yakuniga etadi. Kun doirasida ikki o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Dastlab 17:00 da "Andijon" "Metallurg"ga qarshi saf tortsa, 19:00 da "Nasaf" "Olimpik" bilan kuch sinashadi. Biz sizga birinchi uchrashuv borasida qiziq faktni e’tiboringizga havola etamiz.
"Metallurg" klubi joriy mavsum vodiy jamoalariga qarshi juda ayanchli statistika qayd etmoqda. Bekobodliklar ilk ikki turda "Neftchi" va "Navbahor"ga bir xil 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Bugun Bekobod klubida bu statistikasini yaxshilash imkoni mavjud.
Fikrlar