
Fakt! "Metallurg" Qarshidagi oxirgi 5 o‘yinda faqat bir marta "Nasaf"ni mag‘lub etgan xolos
"Nasaf" Superliganing 23-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan qarshiliklar matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi. “Metallurg” bilan bo‘lib o‘tishi belgilangan uchrashuv 27 oktyabr kuni soat 18:30 boshlanadi.
"Ajdarlar"ning “Metallurg” bilan o‘zaro uchrashuvlardagi faktlari:
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 51 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 32 uchrashuvda qarshiliklar, 12 o‘yinda esa bekobodliklar zafar quchishgan. 7 uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar farqi 84:40ga teng. Ustunlik "Nasaf" tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – “Metallurg” 7:0, “Metallurg” – “Nasaf” 3:0.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2023 yili 15 may kuni Bekobodda o‘tkazishgan. Bu uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
E’tiboringizga, Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalarini havola qilamiz:
09.03.2022 NASAF — METALLURG 1:1
15.10.2021 NASAF — METALLURG 1:0
06.07.2020 NASAF — METALLURG 1:0
31.07.2019 NASAF — METALLURG 1:2
30.03.2020 NASAF — METALLURG 1:1
Fikrlar