
Fabritsio Romano: Modrich "Real"da qolishni xohlaydi
Modrich "Real Madrid"da qolishni istamoqda, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Luka "qirollik klubi" safida yana bir mavsum qolishni xohlamoqda. Modrich klub bilan yangi shartnoma imzolab, 2026 yil iyungacha jamoaga yordam berishni rejalashtirmoqda.
Xorvatiyalik xavbekning birinchi tanlovi va asosiy varianti har doim "Real Madrid" bo‘lib qolmoqda, deya xabarda qo‘shimcha qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli yarim himoyachi 2012 yil madridliklar safiga kelib qo‘shilgan. Uning shartnomasi bu yilning yozigacha amal qiladi. Shu bilan birga, Modrich joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar