
Fabio Kapello qo‘l ostida o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi
Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello faoliyati davomida o‘z qo‘l ostida to‘p surgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Darvozabon: Janluiji Buffon
Himoyachilar: Kafu, Franko Barezi, Paolo Maldini, Roberto Karlos
Yarim himoyachilar: Fernando Redondo, Rud Gullit, Deyan Savichevich
Hujumchilar: Raul, Marko van Basten, Ronaldo.
Ma’lumot uchun, 72 yoshli Kapello murabbiylik faoliyati davomida "Milan", "Real", "Roma", "Yuventus" va "Tszyansu Sunin" kabi jamoalarni boshqargan. Bundan tashqari, Angliya va Rossiya terma jamoalariga ham ustozlik qilgan.
Fikrlar