Fabio Kapello faoliyati davomida qo‘l ostida to‘p surgan eng zo‘r futbolchilarni sanab o‘tdi

  • 25 mart, 2019, 12:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello murabbiylik faoliyati davomida qo‘l ostida shug‘ullangan eng zo‘r futbolchilar kimligini aytdi.

Tecno

"Balkim bu Marko Van Bastendir. Lekin, braziliyalik Ronaldoni ham e’tirof etishim lozim. Bundan tashqari Maldini va Barezi kabi afsonaviy himoyachilarni ham aytishim mumkin", - deydi Kapello.

Ma’lumot uchun, 72 yoshli Kapello murabbiylik faoliyati davomida "Milan", "Real", "Roma", "Yuventus" va "Tszyansu Sunin" kabi klublarni boshqargan. U shuningdek Angliya va Rossiya terma jamoalariga ham ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!