
Exsoni Panshanbe "Navbahor"ni tark etib, Eron chempionatiga yo‘l oldi!
Tojikiston milliy terma jamoasi hamda “Navbahor” klubi yarim himoyachisi – Exsoni Panshanbe faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga qaror qildi.
2020 yildan beri namanganliklar sharafini himoya qilib kelgan legionerga xorijdan bir qator takliflar kelib tushdi. Yakunda Eronning “Zob Axan” jamoasi bilan muzokaralar ijobiy yakun topgan holda Panshanbe ushbu taklifga rozilik bildirdi.
Bu yilgi mavsumda u “Navbahor” safida Superligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ilgari jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lgan yarim himoyachi bu yil Samvel Babayan bosh murabbiylikka kelganidan keyin zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi.
Fikrlar