
Evropaning eng yorqin yosh top 5 futbolchisi: Fati kuchli uchlikka kirdi
Niderlandiyaning Voetbal nashri Evropaning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari o‘rtasida eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Ushbu reytingda birinchi o‘rinni "Lion" hujumchisi Rayan Sherki egallagan. 16 yoshli futbolchi klub asosiy tarkibida 2019 yil oktyabrida debyut qildi va shundan so‘ng 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va Frantsiya Kubogi 1/16 final doirasida "Nant" darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi.
Ikkinchi o‘rinni boshqa bir frantsuz klubi "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga egalladi, kuchli uchlikni esa "Barselona" forvardi Ansu Fati yakunlab berdi.
1. Rayan Sherki ("Lion").
2. Eduardo Kamavinga ("Renn").
3. Ansu Fati ("Barselona").
4. Adil Aushish ("PSJ").
5. Amad Traore ("Atalanta").
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Goal.com nashri, Evropaning 20 yoshgacha bo‘lgan yosh futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqqan, unda "Real" vingeri Rodrig Goes eng yaxshi deb topilgan, Fati ikkinchi, MYu hujumchisi Meyson Grinvud esa kuchli uchlikdan o‘rin olgan edi.
Fikrlar