Evropaliklar nega Eldorga qiziqyapti?

  • 12 oktabr, 2020, 06:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tgani haqiqatan shov-shuvli transfer bo‘ldi va uning atrofidagi fikr-mulohazalar, taxmin va tahlillar hamon tingani yo‘q.

Tecno

Biz Eldor Shomurodovning faoliyatidagi eng muhim qirralar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

"Eldorning sermahsullik bo‘yicha ko‘rsatkichlari markaziy hujumchi uchun ideal emasligi bor gap. U Rossiya premer-ligasida  muntazam gol uradigan hujumchi vazifasini bajara olmadi. Buni tan olish darkor. Biroq, milliy terma jamoamiz safida golli seriyani davom ettirayotgani o‘zbekistonlik muxlislar uchun juda muhim va quvonarli.

Xo‘sh, evropaliklar chempionatda kam gol uradigan hujumchiga nega qiziqmoqda?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Eldorda yuqori saviyadagi futbolchiga xos boshqa sifatlar juda yaxshi shakllangan. Xususan, o‘zbek hujumchisining driblingi, tezligi, pozitsiya tanlashi, ochilishi, bosh bilan yaxshi o‘ynashi, himoyaga yordam berishi va yakkakurashlardagi kurashuvchanligi alohida e’tirof etilmoqda.

Unga Germaniya, Frantsiya, Turkiya klublaridan qator takliflar bo‘lgani va transfer summasi 15 million evroga ko‘tarilgani axborot lentalarida ko‘p va xo‘p aylangani barchaga ma’lum"...

Maqolaning to‘liq shakli bilan tanishing:

“Jenoa” Shomurodovni asosiy figuraga aylantiradimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Anvarboss
13/10/2020 13:27
БОС ЖАРКУРГОН
&
Anvarboss
13/10/2020 13:26
ТУГРИСИ ИТАЛИЯЛИКЛАР УНИ КУРАШУВЧАНЛИГИ УЧУН ОЛГАНДИР ЛЕКИН ЭЛДОР УЗИМИЗНИ УЙИНЧИ СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТИДАН УНГА КАТТА ОМАД НАСИБ КУТАРИЛИШИ ДАВОМ ЭТАВЕРСИН