
Evropa Ligasi yarim finali. Manchesterda gollar shousi, Vilyarrealda "triller"
Hozirgina Evropa Ligasi yarim finalining ikkita bellashuvi o‘z yakuniga etdi. Ularning birinchisi Manchester shahrida o‘tib, mezbon "Manchester Yunayted" "Roma"ni qabul qildi. Uchrashuv "mankuniyanlar"ning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yana bir bellashuvda "Vilyarreal" "Arsenal"ga qarshi kurash olib bordi. Dastlab, 2 ta gol bilan oldinga chiqib olgan ispanlarning ishi Dani Sebalosning qizil kartochkasidan keyin ancha oson kechishi kerakdek edi. Ammo "sariq suvochti kemasi" yarim himoyachisi Eten Kapu ikkinchi sariq kartochkani ishlab olib, maydondagi futbolchilar sonini tenglashtirib qo‘ydi. Biroz avval, Nikolya Pepe penaltidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirgandi. Shu tariqa, Londondagi bahs qiymati juda oshib ketdi.
Yarim final javob to‘qnashuvlari 7 may sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar