
Evropa ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi
UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari yakunlangach pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar: "Roma", "Arsenal", "Vilyarreal", "Dinamo" Zagreb, "Xoffenxaym", "Bayer", "Reyndjers", PSV, "Napoli", "Lester", "Milan", "Tottenxem".
Guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar: "Tsrvena Zvezda", "Molde", "Yang Boyz", "Slaviya" Praga, "Benfika", "Granada", "Real Sosedad", "Braga", "Lill", "Makkabi" Tel-Aviv, "Antverpen", "Volfsberg".
Chempionlar ligasidan Evropa ligasiga qo‘shiladigan jamoalar: "Manchester Yunayted", "Bryugge", "Shaxtyor", "Ayaks", "Krasnodar", "Zaltsburg", "Dinamo" Kiev, "Olimpiakos".
Evropa ligasi 1/16 final bosqichiga 14 dekabr kuni qur’a tashlanadi.
Fikrlar