Evropa Chempionlar ligasidan chiqib ketgan yana ikki jamoa aniq bo‘ldi

  • 12 dekabr, 2024, 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangicha formatda o‘tkazilayotgan Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichda oltinchi turga kelib, ikkita jamoa musobaqani davom ettira olmasligi muddatidan oldin ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Slovakiyaning “Slovan” jamoasi Madridda “Atletiko” bilan kuch sinashib, mashhur klubdan 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shveytsariyaning “Yang Boyz” klubi Germaniyada “Shtutgart”ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Slovan” va “Yang Boyz” oltita uchrashuvdan biror ochko jamg‘ara olmadi. Barcha o‘yinlarda yutqazgan bu jamoalar umumiy jadvalning so‘nggi  35 va 36-pog‘onalariga tushib qoldi.

Birinchi bosqich yakunlanishiga hali ikki tur borligiga qaramay, ular pley-off yo‘llanmasi uchun kurasha olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq, Germaniyaning “Leyptsig” jamoasi yangi formatdagi Chempionlar ligasidan chiqib ketgan birinchi jamoaga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!