
Evrokubok finallarini boshqaruvchi hakamlar ma’lum
Evrokuboklarning final o‘yinlarini boshqaruvchi hakamlar aniqlandi.
Chempionlar Ligasi finalida PSJ va "Inter" to‘qnash keladi. O‘yin 1 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.
Evropa Ligasi final uchrashuvida Angliyaning ikki jamoasi "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari bellashadi. O‘yin 21 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Unga germaniyalik hakam Felish Tsvayer boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlandi.
Konferentsiyalar Ligasi finalida esa "Chelsi" va "Betis" jamoalarining bellashuvi guvoxi bo‘lamiz. O‘yin 28 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘rtasidagi bahs bosniyalik hakam Irfan Pelto rahbarligidagi hakamlar guruhiga topshirildi.
Fikrlar