
Evro-2020 o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi
Xabaringiz bor, Evropa chempionatida qatnashadigan 20 jamoa saralash o‘yinlari aniqlangandi.
Bugun Evropa chempionati o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra qarama-qarshiliklar quyidagicha:
A Liga.
Yarim final 1: Islandiya — Ruminiya
Yarim final 2: Bolgariya — Vengriya
B Liga.
Yarim final 1: Bosniya va Gertsegovina — Shimoliy Irlandiya
Yarim final 2: Slovakiya — Irlandiya
C Liga.
Yarim final 1: Shotlandiya — Isroil
Yarim final 2: Norvegiya — Serbiya
D Liga.
Yarim final 1: Gruziya — Belarus
Yarim final 2: Shimoliy Makedoniya — Kosovo
Ma’lumot o‘rnida, bu 16 jamoa 4 yo‘llanma uchun kurashadi. Avvalroq Evro-2020ning 20 ta jamoasi aniq bo‘lgandi.
Yarim finallar 26 mart kuni, final esa 31 mart kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar