
"Evro-2004"ning eng yaxshi to‘purari faoliyatini yakunladi
Chexiyalik hujumchi Milan Barosh futbolchili faoliyatini yakunladi. Bu haqida uning so‘nggi klubi "Banik" matbuoti xizmati xabar bermoqda.
Barosh 2004 yildagi Evropa chempionatidan o‘yini bilan futbol muxlislari e’tiborini o‘ziga qaratgan edi. O‘shanda "chexiyalik Maradona" turnir davomida beshta golni o‘z nomiga yozib, chempionatning eng yaxshi to‘purari unvonini qo‘lga kiritgandi.
Hujumchi faoliyati davomida "Liverpul", "Galatasaroy", "Lion", "Aston Villa" kabi taniqli klublarda to‘p surgan.
Shuningdek, Barosh Chexiya terma jamoasida 93 ta o‘yinda 41 ta gol bilan goleadorlik bo‘yicha Yan Kollerdan (55 gol) keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar