Evgeniy Popixin: Bugun o‘z maydonimizdagi eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik

  • 15 dekabr, 2019, 00:41
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

- Har doim g‘alabaning narxi bo‘lgan. Bunga erishish uchun xar bir xokkeychi ushbu narxni to‘lashi lozim. Bugun shogirdlarim kichik narxni to‘lash kerak deb hisoblashdi. Vaholanki "Ximik" yaxshi darvozabonga ega bo‘lgan ajoyib jamoa. Ular yaxshi shakllangan. Shu bois o‘yinchilarimga e’tirozlarim ko‘p. Yomon o‘ynadik. O‘ylashimcha, biz Toshkentdagi eng  yomon bahsga guvoh bo‘ldik. Bugun na hayajon va na temperament bo‘ldi. Tushunarli, "Zvezda"ga qarshi uchrashuvlarda katta kuch yo‘qotdik. Ammo bu xokkey biz uchun saboqdir. Bugun hech kimni ta’kidlamayman, butun jamoa yomon o‘ynadi. Ertaga esa yangi kun, yangi bellashuv va yangi "nastroy".

Tecno

- Ivan Yatsenkoning ahvoli qanday?

- Bu haqda hozircha biror narsa deya olmayman. Shuni aytishim mumkinki, u biz uchun katta yo‘qotish.

- Siz o‘yin yomon o‘tdi dedingiz, biroq statistikaga (zarbalar, aniq zarbalar, yutib chiqilgan yakkakurashlar) qaraydigan bo‘lsak, biz raqibdan total ustunlik qildik. Bugungi uchrashuvda Voskresenskdagi bellashuvning stsenariysi takrorlandi, faqat o‘shanda biz 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edik. Muammo nimada?

- Statistikada muzda nima bo‘lgani aks etmagan holat. Siz murabbiy sifatida buni his qilasiz. Milliy xokkey ligasidagi bir darvozabondan so‘rashgan ekan."Sizlarning g‘alaba qozonish siringiz nima?" Shunda u quyidagi javob beribdi: "Biz 22 kishi muzga chiqamiz va bir-birimiz uchun kurash olib boramiz. Shuning uchun muvaffaqiyatga erishamiz". Bugun esa bizga aynan shu jihat etishmadi. Statistika esa buning aksini ko‘rsatmoqda. 

"Zvezda" bilan kechgan o‘yinda ham xuddi shunday bo‘lgan edi. To‘g‘ri biz mag‘lub bo‘ldik, ammo ruhiyat boshqacha edi. Hisobni 2:2  ko‘rinishga keltirib, bullitlar seriyasida mag‘lub bo‘ldik, biroq jamoa kurashgan edi. "Ximik" bilan esa o‘rtacha tezlikda harakat qildik. Shunday kuchli raqibni bu tarzda mag‘lub etib bo‘lmaydi. Bu erda ruhiyat va tayyorgarlik ko‘p narsani hal qiladi, ayniqsa bizning jamoada. Raqib shaybani yaxshi nazorat qildi. Ular bizning jamoaga qaraganda tajribali. Bizda katta maxorat yo‘q. Barchasi xohish-istak va mehnatga asoslangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!