
Eto'O nega Mane "Oltin to‘p"ni ololmaganini aytdi
Afrikalik mashhur futbolchi Samuel Eto'O "Liverpul"dagi qit’adoshi Sadio Mane nega bu yil “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmaganini izohlab o‘tdi.
“Mane “Oltin to‘p”ni olganida bundan kimdir xafa bo‘lardi deb o‘ylamayman. Sadio o‘zining ajoyib mavsumini o‘tkazib, ushbu sovringa munosib bo‘lgan edi. Messi Janubiy Amerikadagilarning ovozi hisobiga sovrinni yutib ketdi. Evropaliklar esa van Deyk uchun ovoz berishganiga ishonaman. Ammo, afrikaliklar Manega ovoz berishmadi. Mana shu katta muammo. Bizga birlik etishmayapti. Agar biz “Oltin to‘p” masalasida evropaliklar va janubiy amerikaliklarning gegemonligini tugatmoqchi bo‘lsak, u holda birlashishimiz kerak”, - deydi kamerunlik sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Mane ovoz berish yakunlariga ko‘ra Lionel Messi, Virjil van Deyk va Krishtianu Ronaldudan so‘ng 4-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan tarixdagi yagona futbolchi bu Jorj Vea (1995) hisoblanadi.
Fikrlar