
Ertaga Zarruh Adashev UFCda navbatdagi jangini o‘tkazadi
Ertaga, 20 yanvar kuni Abu-Dabida joylashgan “Janglar orolida” “UFC Fight Island 8” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechaning biz uchun ahamiyatli jihati, Zarruh Adashev ham oktagonga ko‘tariladi. U xitoylik Su Mudaerji bilan jang qiladi.
Oqshomning markaziy jangida esa, Maykl Keza va Nil Magni to‘qnash keladi. Shuningdek, bir qator qiziqarli qarama-qarshiliklar ham o‘rin olgan. Quyida, barcha juftliklarni e’tiboringizga havola etamiz.
Asosiy kard
Uorlli Alves — Munir Lazzez,
Isaak Vilyanueva — Vinisius Moreyra,
Roksana Modafferi — Vivian Araujo,
Lerone Merfi — Duglas Silva de Andrade.
Prelim kard
Riki Saymon — Gaetano Pirrello,
Dalcha Lungiambula — Markus Peres,
Fransisko Figeyredo — Djerom Rivera,
Mayk Devis — Meyson Djons,
Mett Shnell — Tayson Nam,
Viktoriya Leonardo — Manon Fiorot,
Umar Nurmagomedov - Sergey Morozov,
Omari Axmedov — Tom Briz.
Fikrlar