
Ertaga o‘zbekistonlik K-1 jangchisi MMAda debyut qiladi.
K-1 musobaqalarida qatnashib kelayotgan Shahriyor Jo‘raev 27 noyabr kuni MMA yo‘nalishida ham jang qiladi. Hamyurtimiz BAAning “UAE Warrios“ promousheni bilan shartnoma imzoladi. Qiziq jihati, Shahriyor hali MMA bo‘yicha professional janglarda oktagonga ko‘tarilmagan. 27 noyabr kuni u debyut qiladi. Ahamiyatli tomoni, ushbu hamyurtimiz bir hafta avval, ya’ni, 20 noyabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan K-1 bo‘yicha turnirda ishtirok etgandi.
Biz ushbu voqelik yuzasidan sportchimizning murabbiyi va otasi Sherali Jo‘raevga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.
- “UAE Warrios“ promousheni bilan shartnoma imzolashga qanday omil sabab bo‘ldi?
- Agar, xabaringiz bo‘lsa, 20 noyabr kuni Dubayda K-1 bo‘yicha turnir o‘tkazildi va Shahriyor chiroyli tarzda g‘alaba qozongandi. Ushbu yorqin g‘alaba mazkur promoushen mutasaddilarini befarq qoldirmagan ko‘rinadi. Ular taklif bilan chiqishdi.
- Shartnoma nechta jangga tuzildi?
- Ikkita.
- K-1 bilan MMAni farqi bor. Demoqchimanki, bu yo‘nalishda “parter”dagi harakatlar ham muhim sanaladi. Bu borada Shahriyorning imkoniyatlari qanday?
- O‘rta darajada.
- Bu qiyinchilik tug‘dirmasmikan?
- Bilasizmi, bu raqibi ham asli muaytaychi, shuning uchun bu taklifni qabul qildik.
Raqib borasida ma’lumot bersangiz?
- Iroqlik Husseyin Salim bilan jang qiladi. Uning MMAdagi rekordi 2-4 ekan.
- Bir haftada ikkita professional jangda ishtirok etishni o‘zi bo‘lmaydi?
- O‘ylaymanki, bu qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shahriyor o‘zini holatini tiklab oldi.
- Yangi yo‘nalish va yangi maqsadlar yo‘lida omad hamrohinglar bo‘lsin!
- Katta rahmat!
Fikrlar