Ertaga “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

  • 11 sentabr, 2019, 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 11-17 sentyabr kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi o‘tkaziladi. Mazkur turnirda 15 yoshgacha bo‘lgan qizlardan iborat 4 ta yurt terma jamoalari ishtirok etishadi.

Tecno

“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasida O‘zbekiston, Eron, Qirg‘iziston hamda Tojikiston terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Ertaga, 12 sentyabr kuni “SIMMA” mehmonxonasi ajumanlar zalida ishtirokchi mamlakatlar terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anumani o‘tkaziladi. Matbuot anjumani soat 12:15da boshlanadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

“CAFA U-15 Girls Championship- 2019” musobaqasi taqvimi

1-tur

13 sentyabr (juma)

12:00 O‘zbekiston – Qirg‘iziston

16:00 Eron – Tojikiston

2-tur

14 sentyabr (shanba)

12:00 Qirg‘iziston – Eron

16:00 Tojikiston – O‘zbekiston

3-tur

16 sentyabr (dushanba)

12:00 Tojikiston – Qirg‘iziston

16:00 O‘zbekiston - Eron

Qayd etish joiz, dastlabki 2 ta kungi o‘yinlar (13 va 14 sentyabr) “Chig‘atoy” stadionida o‘tadi. Yakuniy 3-tur esa (16 sentyabr) “Lokomotiv” stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!