
Erkin kurash: Magomed Ibragimov ham oltin medal uchun kurashdan chiqdi
Rio Olimpiadasi sovrindori 97 kg vazn toifasida gilamga chiqayotgan Magomed Ibragimov ham yuqori probali medallar uchun da’vogarlikdan chiqdi. Chunki, yurtdoshimiz ¼ finalad Kayl Fredrik Snayderga 13:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bunga qadar Magomed polshalik Radoslav Baranni 10:0 va ruminiyalik Albert Saritovni 6:5 hisobida mag‘lub etgan edi. Ibragimovda bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qolgan. Qachonki, AQShlik kurashchi finalga chiqsa, hamyurtimizda sovrinli o‘rinlar uchun o‘tish bahslarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Fikrlar